Niderlandiya tomoni o‘zbekistonliklarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Migratsiya agentligi vakillari va Niderlandiyaning «Eurotalent» rekruting agentligi direktori Tommi Kok o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi.
Migratsiya agentligi rasmiysi Behzod Dimetov Niderlandiya tomonini agentlik faoliyati, O‘zbekiston rahbariyatining mehnat migratsiyasi borasidagi tashabbuslari, bu boradagi islohotlar, xorijiy davlatlar bilan o‘rnatilgan xalqaro aloqalar bilan tanishtirdi.
Niderlandiya vakili O‘zbekistondan logistika va transport, qurilish va infratuzilmani rivojlantirish, texnologiyalar, mehmonxona biznesi va tibbiyot sohalarida malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari borligini bildirdi.
«Eurotalent» agentligi ishga jalb qilish jarayonining barcha bosqichlarini o‘z zimmasiga olishi, shu jumladan, shartnomalar, maosh hisob-kitoblari, turar joy va qonunchilikka rioya qilish, mutaxassislar ehtiyojlarini uzluksiz hal qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishi qayd etildi.
Onlayn muzokaralar yakunida O‘zbekistondan Benilyuks mamlakatlariga mehnat migrantlarini qonuniy asosda ishga jalb etish bo‘yicha tegishli shartnoma imzolashga kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter