Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mehnat shartnomasini elektron tuzishga ruxsat berildi

Mehnat shartnomasini elektron tuzishga ruxsat berildi

Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishgan doir qabul qilingan yangi qonunga muvofiq endilikda mehnat shartnomalari elektron shaklda ham tuzilishi mumkin.

Mazkur qonun bilan MKning 106-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada yozma qog‘oz va elektron shaklda tuzilib, ularning har biri taraflar tomonidan imzolanishi belgilandi.

Qayd etilishicha, bunda elektron shakldagi mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat majmuida rasmiylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, mehnat shartnomasining har bir nusxasi xodimning va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring