Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi

Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi

Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi.

Bu borada Prezidentning «Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-41-son farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yilda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

  • maxsus iqtisodiy zonalarda 2,3 milliard AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport hajmini 1 milliard AQSh dollariga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini 4,3 milliard AQSh dollariga teng miqdorda ta’minlash va 12 mingta yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish;
  • sanoat zonalarida 800 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport hajmini 512,2 million AQSh dollariga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini 1,8 milliard AQSh dollariga teng miqdorda ta’minlash va 17 mingta yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish.

Yangi barpo etiladigan ixtisoslashtirilgan zonalar faqat maxsus iqtisodiy zona yoki sanoat zonasi shaklida tashkil etiladi.

Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati bo‘yicha faqat eksportga yo‘naltirilgan loyihalarga ixtisoslashgan, maydoni o‘ralgan maxsus eksport zonasi turida ham tashkil etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring