Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy saylov komissiyasining yangi ramzi tasdiqlandi

Markaziy saylov komissiyasining yangi ramzi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining yangi rasmiy ramzi tasdiqlandi. Rasmiy ramz hozirga qadar amalda bo‘lgan MSK emblemasi o‘rniga joriy etildi.

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi navbatdagi majlisida tegishli qaror  qabul qilingan.

Qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ramzi namunasi va tavsifi, shuningdek, undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

«Markaziy saylov komissiyasining ma’muriy binosi, tegishli jihozlari, rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, mobil ilovalar va boshqa joylarda foydalanilayotgan eski namunadagi emblemani yangi namunadagi rasmiy ramzga o‘zgartirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi», – deyiladi MSK xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring