Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Litsenziyasi bo‘lmay turib «Umra» xizmatini reklama qilgan firmalar jazolandi

Litsenziyasi bo‘lmay turib «Umra» xizmatini reklama qilgan firmalar jazolandi

Tegishli litsenziyasi bo‘lmay turib, «Umra» xizmatlarini ko‘rsatish haqida reklama berib kelgan ikkita firmaga nisbatan javobgarlik belgilandi.

Raqobat qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur firmalar faqatgina vositachilik bilan shug‘ullanib, «Umra»  tadbirlariga litsenziyasi  bo‘lgan mahalliy  turoperatorlar bilan hamkorlikda fuqarolarni ziyoratga yuborishga harakat qilishgan. Ushbu xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida esa o‘z nomlaridan noqonuniy reklamalar joylashtirib kelgan.

Qo‘mitaga kelib tushgan murojaat tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqilganida bugunga  qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida bunday xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq turistik faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziyaga ega turoperatorlar  mavjud  emasligi, ular Toshkent shahri va viloyat turkompaniyalari bilan hamkorlikda ziyoratlarni tashkil etishda ishtirok  etayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek,  murojaatda  bildirilgan  «Iskander tours» hamda «Oks tours» MChJlar  litsenziyasi  mavjud emasligi, shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda «Umra» xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan noqonuniy reklamalar joylashtirib borayotganligi aniqlangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan 2024-yil 1-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori  bilan tasdiqlangan Nizomga asosan har ikki firmaga  nisbatan  belgilangan  tartibda ish qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda javobgarlik belgilash yuzasidan  qaror  qabul  qildi.  Shuningdek, Jamiyatlarga ushbu holatni bartaraf etib,kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilish lozim  bo‘lgan ko‘rsatmalar  berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring