Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelgusi o‘quv yili uchun bakalavriat qabuliga doir tartiblar tasdiqlandi

Kelgusi o‘quv yili uchun bakalavriat qabuliga doir tartiblar tasdiqlandi

2025/2026 o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Bu borada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i qabul qilingan.

Unga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi. https://t.me/eduuz/31308

Ya’ni, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

  • Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
  • Matematika x 10 ta;
  • O‘zbekiston tarixi x 10 ta;

– 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

  • 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
  • 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball

– 60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2025/2026 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, fanlar majmuasi hamda javoblar varaqasi namunasi bilan belgilangan havolalar orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring