Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kampirobod suv omborini biz topshirmadik. Aksincha, biz qaytarib oldik» – Sadir Japarov

«Kampirobod suv omborini biz topshirmadik. Aksincha, biz qaytarib oldik» – Sadir Japarov

Qirg‘iziston Kampirobod suv omborini O‘zbekiston tomoniga bermayapti, aksincha, qaytarib olyapti. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov «Kabar» agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Sadir Japarov 60 yillardan beri suv omborini O‘zbekiston tomoni boshqarganini eslatib, endi to‘g‘onni har ikki tomon 50/50 boshqarishini ta’kidlagan.

«Birinchidan, Kampirobod suv omborini biz topshirmadik. Aksincha, biz qaytarib oldik. O‘zbekiston to‘g‘onni 60-yillardan beri boshqarib keladi. Endilikda biz kelishuv asosida to‘g‘onni 50/50 asosida boshqaramiz. Shunday qilib, biz suv gorizonti 900 dan oshmasligini nazorat qilamiz. Endilikda suv omboriga eng yaqin qishloqlarga suv chiqarish imkoniyati yaratildi. Bungacha bunday imkoniyatlar yo‘q edi», deydi Sadir Japarov.

Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti arxiv hujjatlarga ko‘ra, to‘g‘on 1965-yilda O‘zbekiston tomoni tomonidan qurilganini aytib o‘tgan.

«Tarixiy arxiv hujjatlarga ko‘ra, to‘g‘on 1965-yilda O‘zbekiston tomoni tomonidan qurilgan. Biz bu yerga sarmoya kiritmaganmiz.  Suv ostida qolgan uchastka evaziga O‘zbekiston tomoni 1965-yilda bizga Botken, O‘sh va Jalolobodning chegaradosh hududlarida 4127 gektar yer bergan edi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, suv ombori ostida joylashgan 4127 gektar yer o‘shanda O‘zbekiston tomoniga o‘tgan. Hozir esa provokatorlar bu yerni berdik deyishyapti. O‘z navbatida biz ham evaziga olgan yerlarga uy-joylar qurib, dehqonchilik sifatida foydalanib, hozir ham shu yerlardan foydalanmoqdamiz.   Buni arxiv hujjatlar ham tasdiqlaydi», deya ta’kidlagan Japarov.

Ma’lumot uchun, Joriy yilning 10-avgust kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Qirg‘izistonga jami 19 ming gektardan ortiq yer olib, O‘zbekistonga esa Kampirobod suv ombori akvatoriyasidagi 4485 gektar yer berilishini ma’lum qilgan edi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring