Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ijtimoiy karta» axborot tizimini joriy etishga doir hujjat qabul qilindi

«Ijtimoiy karta» axborot tizimini joriy etishga doir hujjat qabul qilindi

Joriy yil 18-iyulda imzolangan Prezidentning PQ-267-son qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi tubdan takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Qarorga muvofiq, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga o‘tishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • «Ijtimoiy karta» axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlarini bosqichma-bosqich to‘liq avtomatlashtirish;
  • ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi fuqarolarning ijtimoiy xizmatlardan, yordam va to‘lovlardan, shuningdek davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning boshqa choralaridan foydalanish uchun hujjatlarni yig‘ish zaruratini bekor qilish;
  • davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini manzilli, qisqa muddatlarda, masofadan turib hamda proaktiv tarzda olish imkoniyatini berish;
  • ijtimoiy sug‘urtalashni joriy qilish doirasida raqamli servislarni rivojlantirish orqali davlat va tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik qilishni soddalashtirish;
  • respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahalla darajasida davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashini amalga oshiruvchi davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring