«Humo» to‘lov tizimida kuzatilgan muammo sabablari ma’lum qilindi
Joriy yilning 4-6 oktyabr kunlari «Humo» kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda, shuningdek, mobil (to‘lov) ilovalaridagi p2p o‘tkazmalarida uzilishlar kuzatilgani aytilgan edi.
Bugun, 26 oktyabr kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ushbu muammo bo‘yicha ham tushuntirish berildi.
– Haqiqatdan ham 2-3 kun davomida «Humo» to‘lov tizimi faoliyatida kamchiliklar kuzatildi. Buning asosiy sababi tizim o‘z dasturiy ta’minotini to‘liq yangilab chiqdi. Ko‘pchilik taxmin qilganidek, bu yerda boshqa muammo yo‘q. Asosiy va yagona sabab shu, – deydi MB raisi Mamarizo Nurmuratov.
Xabar.uz muxbirining ma’lum qilishicha, MB raisi ustav fondini to‘liq shakllantirmagan qator banklarga moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgani holda nega «Poytaxt» bankiga chora ko‘rilmagani haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
– Ma’lukmi «Poytaxt» banki muassisi to‘liq Toshkent shahar hokimiyati hisoblanadi. Aynan bu bankka nisbatan sanksiyalar qo‘llanilmagani sababi, ayni paytda bu bank xorijiy investorlar tomonidan sotib olish masalasi bo‘yicha muzokaralar ketyapti. Shu bois bu bankka nisbatan chora qo‘llashdan naf yo‘q. Chunki, misol uchun shahar hokimligiga 100 mlrd so‘m bilan ustav fondini to‘ldirish talabini qo‘ysak, ammo ertasiga bank sotilib ketsa, bundan nima naf? – deydi MB raisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter