Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank aholini navbatdagi kiberfiribgarlikdan ogohlantirmoqda

Markaziy bank aholini navbatdagi kiberfiribgarlikdan ogohlantirmoqda

Markaziy bank aholini navbatdagi kiberfiribgarlikdan ogohlantirmoqda.

Idora axborot xizmatining yozishicha, bugungi kunda firibgarlar turli messenjerlar orqali fuqarolarga Markaziy bankning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborib, ularning mobil qurilmalariga zararli ilovalarni o‘rnatishga urinishmoqda.

Mazkur soxta hujjatlarda go‘yoki fuqaroning mablag‘lari xavfsizligini ta’minlash uchun «moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis» tomonidan ayrim amallar bajarilishi to‘g‘risidagi yolg‘on axborot ko‘rsatilgan.

Bu orqali «mutaxassis» niqobi ostidagi firibgar fuqaroning mobil qurilmasiga zararli ilovani (xususan, «Bezopasnost» nomli) o‘rnatish orqali ushbu qurilmadagi rasm va hujjatlar, SMS-xabarlar va qo‘ng‘iroqlar haqidagi ma’lumotlarni yashirin tarzda qo‘lga kiritadi.

Fuqarolardan yuqoridagi kabi holatlarga duch kelsa, firibgarlarning aldovlariga ishonmaslik, ilovalarni esa messenjerlar orqali emas, balki rasmiy Google Play va App Store do‘konlaridan o‘rnatib olishlari so‘ralmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring