Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Hamkoringizni biling: samarali vositalar» – Beeline Uzbekistan Toshkentdagi forumga taklif qiladi

«Hamkoringizni biling: samarali vositalar» – Beeline Uzbekistan Toshkentdagi forumga taklif qiladi

20 noyabr kuni Toshkentda komplayens standartlarini samarali joriy etishga bag‘ishlangan «Hamkoringizni biling: samarali vositalar» nomli xalqaro darajadagi forum bo‘lib o‘tadi. Forumga kompaniyalar egalari va yuqori boshqaruv xodimlari, shuningdek, qonunchilik va axloq me’yorlariga rioya qilish bo‘yicha jamoalar taklif etilmoqda. Tadbir tashkilotchisi — VEON guruhiga kiruvchi Beeline Uzbekistan.

Komplayens bo‘limlarining asosiy vazifasi — tashkilot tomonidan qonunchilik, me’yorlar va standartlarning ehtimoliy buzilishi bilan bog‘liq xatarlarning oldini olishdan iborat. Bunday bo‘limlar dunyo yetakchi kompaniyalari, jumladan O‘zbekistondagi kompaniyalar tarkibiga kiradi. Ular bajaradigan ishning ahamiyati nihoyatda yuqori: ish joylaridagi korrupsiya, o‘g‘irlik va suiiste’mol holatlari nafaqat moliyaviy jihatdan xavf tug‘diradi, balki obro‘ga jiddiy putur yetkazadi. Shu sababli, bunday tahdidlardan himoyalanishning eng yaxshi tajribalarini almashish alohida ahamiyatga ega.

VEON guruhi kompaniyalari komplayens sohasida katta tajribaga ega va axloqiy biznes g‘oyalarini ulashishga intiladi. 2022 yilda Beeline Uzbekistan «Komplayens bo‘yicha biznes» nomli birinchi ochiq forumning tashabbuskori bo‘lgan. 2024 yilning noyabr oyidagi forum ushbu strategiyani davom ettiradi.

«Komplayens — ko‘p qirrali yo‘nalish bo‘lib, har bir tadbir o‘ziga xos jihatlariga ega. Bu yil biz asosiy e’tiborni hamkorlar bilan munosabatlarga va bu sohadagi xatarlarni kamaytirishga qaratamiz. Xususan, kontragentlarni tekshirishdagi «qizil bayroqlar» haqida so‘z yuritamiz. Ishonchimiz komilki, ushbu ma’lumotlar O‘zbekiston kompaniyalari vakillariga foydali bo‘ladi va o‘z komplayens dasturlarini rivojlantirishda yordam beradi», – deydi Beeline Uzbekistan etika va komplayens xizmati rahbari Alina Akchurina.

Forumning asosiy mavzulari — hamkorlarni samarali tekshirish usullari, AML/CFT choralari (pul yuvish, terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishning oldini olish), shuningdek, sanksiya rejimiga rioya qilish masalalaridir.

Forum ishida VEON Group’ning xalqaro ekspertlari: etika va komplayens bo‘yicha direktor Gabriela Guterrez va tergov bo‘yicha bosh direktor Sarvat Salauddin ishtirok etadi. Ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, xalqaro komplayens amaliyoti haqida so‘zlab berishadi.

Forum 20 noyabr kuni Toshkentdagi Courtyard by Marriott mehmonxonasida soat 9:30 da boshlanadi. Ishtirok etish bepul.

15 noyabrgacha quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://clck.ru/3EFB8n.

Tadbirga Teams orqali masofadan ham ulanish mumkin: https://clck.ru/3EFBod.

Kompaniya haqida

«Unitel» MChJ 2006 yil 12 cyentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan brendi ostida xizmatlar ko‘rsatib keladi. Beeline Uzbekistan— bosh qarorgohi Amsterdamda (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. Top Employer 2024 sertifikatiga ega.

VEON — dunyoning jadal rivojlanayotgan oltita davlatida 160 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega telekommunikatsiya va internet xizmatlarining global provayderi hisoblanadi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan VEON shu davrgacha mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,4 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan. “Unitel” MChJ O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri. Kompaniya O‘zbekistonda Beeline SB faoliyati ostida xizmat ko‘rsatib 2 milliard dollarga yaqin soliqlar to‘lagan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn@beeline-uzbekistan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring