Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi vazir yoki hokim bo‘lish uchun korrupsiyaga qarshi dasturi bo‘lishi kerak

Endi vazir yoki hokim bo‘lish uchun korrupsiyaga qarshi dasturi bo‘lishi kerak

Avvallari, rahbarlikka kelganlardan «Nima qilmoqchisan? » deb so‘ralmas, korrupsiyaga qarshi qanday chora ko‘rishi esa deyarli hech kimni qiziqtirmas edi.

Endi esa hammasi o‘zgaryapti.

Vazir yoki hokim bo‘lish uchun endi, faqatgina, tajriba yoki siyosiy iroda yetarli emas. Har bir nomzod o‘z lavozimiga tayinlanishidan oldin, korrupsiyaga qarshi aniq rejasini tayyorlab, Parlament va mahalliy kengashlar oldida himoya qilishi lozim.

Korrupsiyaga qarshi kurshish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari ana shunday yangi topshiriqlarni berdi.

«Rahbarman» deyish oson! Amaldor bo‘lmoqchimisiz? Marhamat qilib, korrupsiyaga qarshi aniq rejangizni xalq vakillari oldida himoya qiling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring