Endi qo‘shimcha qabul asosida magistraturaga kirganlarga ta’lim krediti berilmaydi
![Endi qo‘shimcha qabul asosida magistraturaga kirganlarga ta’lim krediti berilmaydi](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/920__95_3302220570.jpg)
Endilikda davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga kirgan talabalarga ta’lim krediti berilmaydi.
2025-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlashga oid Prezident qarori bilan Hukumatning 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori 1-ilovasi 3 bandi 4-xatboshisiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, «ta’lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni hamda davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning to‘lov-kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi».
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 527-son qarori bilan ta’lim kreditlari ajratish tartiblariga doir Nizom tasdiqlangan va 3-bandida «super kontrakt» uchun ta’lim krediti ajratilmaslik belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter