Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dekabrda daromadi 7 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholi inflyasiyani ko‘proq sezgan

Dekabrda daromadi 7 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholi inflyasiyani ko‘proq sezgan

Markaziy bank 2 674 ta respondent o‘rtasida o‘tkazilgan 2024-yilning dekabr oyida aholining inflyasion kutilmalariga doir so‘rovnomasi natijalarini e’lon qildi.  

O‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra dekabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi avvalgi oyga nisbatan tezlashib, 14,7 foizni tashkil etdi.

Dekabr oyida aholining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan tezlashib, 14,4 foizga teng bo‘ldi.

Kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida yoqilg‘i va energiya resurslari, kommunal xizmatlar qimmatlashishi, valyuta kursi o‘zgarishi, transport xarajatlarining oshishi hamda monopoliya va narxlarning sun’iy oshirilishini qayd etgan respondentlar ulushi ko‘paygan.

Aholining yuqori inflyasion kutilmalari ishlab chiqarish sohasi vakillari tomonidan bildirilgan bo‘lsa, kelgusida narxlar shakllanishi bo‘yicha nisbatan past kutilmalar maishiy xizmat sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.

Aholi inflyasion kutilmalarining yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida kuzatilgan bo‘lsa, nisbatan past inflyasion kutilmalar Andijon viloyatida istiqomat qilayotgan aholi tomonidan qayd etildi.

Daromadlari 2 mln so‘mgacha (14,7 foiz) va 7 mln so‘m (15,2 foiz)dan yuqori bo‘lgan aholining inflyasion kutilmalari nisbatan yuqori darajada shakllangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring