Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi do‘kon yerto‘lasida gaz portladi: bir kishi vafot etgan

Buxorodagi do‘kon yerto‘lasida gaz portladi: bir kishi vafot etgan

Bugun, 1-mart kuni soat 08:57 larda Buxoro shahri Yoshlik mahallasidagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘koni yerto‘lasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi.

Do‘kon ikki qavatli binoning 1-qavatida joylashgan bo‘lib, portlash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan.

Chaqnash sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari va tegishli idoralar xodimlari yetib borishgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring