Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ham aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi

Bugun ham aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi

Bugun ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring