Bojxonachilarning 14 bosh xizmat iti taqdirlandi

Milliy kinologiya markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, bir qator viloyatlar va Toshkent shahridagi bojxona postlarida xizmat olib borayotgan kinologlarning xizmat itlari «Xizmat iti nishoni» bilan taqdirlandi.
Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi bergan ma’lumotga ko‘ra, taqdirlangan 14 bosh xizmat itlari orasida, jumladan, rus spaniyeli, nemis ovcharkasi, ingliz koker spaniyeli, malinua, Sharqiy Yevropa ovcharkasi zotiga mansublari bor.
Qayd etilishicha, ushbu itlar ko‘magida o‘tgan 2024-yilda 337 kg giyohvandlik vositalari, salkam 55 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, 11 dona qurol, 10 mingga yaqin o‘q-dori, 24 kg porox, salkam 2,3 mlrd so‘m ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalar, 418 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi oldi olingan.
Shuningdek, Milliy kinologiya markazining 5 bosh xizmat iti ham turli xalqaro va mahalliy musobaqalarda hamda ko‘rgazmalarda yuqori natijalarga erishganligi sababli taqdirlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter