Birjada suyultirilgan gaz narxi tushyapti – O‘zRTXB
Bugun, 8-noyabr kuni O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida o‘tkazilgan birja savdolari natijalariga ko‘ra, suyultirilgan gazning narxi noyabr oyining boshlariga nisbatan 14 foizga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uchun 8 724 ming so‘mni tashkil etdi (bir litr uchun o‘rtacha 5 520 so‘m).
Bu haqda O‘zRTXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Bu, o‘z navbatida, birjada suyultirilgan gaz narxi sentyabr oyida qayd etilgan o‘rtacha narx ( bir tonnasi uchun 8 800 ming so‘m)dan ham past darajaga tushganligini anglatadi.
So‘ngi kunlarda birjaga qo‘yilayotgan suyultirilgan gazning hajmi ham oshib bormoqda. Xususan, oktyabr oyida birja savdolariga bir kunda o‘rtacha 1 500 tonna suyultirilgan gaz qo‘yilgan bo‘lsa, noyabr oyining o‘tgan davrida ushbu ko‘rsatkich 2 000 tonnagacha yetmoqda, ya’ni o‘rtacha 25 foizga o‘sgan.
Shu bilan birga, birja savdolariga qo‘yilayotgan AI-80 markali avtomobil benzin hajmini ortishi ham kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter