Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayrim ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar uchun «karbon yig‘imi» joriy etiladi – loyiha

Ayrim ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar uchun «karbon yig‘imi» joriy etiladi – loyiha

Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2025-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasining 45-maqsadi «2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish» bo‘lib, unda jumladan ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun kompensatsiya to‘lov (yig‘im)ini joriy etish reja qilinyapti.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bu borada tegishli tartibda joriy yilning sentyabriga qadar takliflar tayyorlaydi.

Bunda uglerod izi yuqori bo‘lgan sanoat mahsulotlari (sement, ko‘mir, siqilgan gaz va boshq.) uchun «Karbon yig‘imi» tizimini joriy etish va ulardan kelib tushadigan mablag‘larni hududlarda ekologiya muammolarini hal etishga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash nazarda tutiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring