Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Artel «Tojikistonning sevimli markasi» loyihasida g‘olib bo‘ldi

Artel «Tojikistonning sevimli markasi» loyihasida g‘olib bo‘ldi

Artel «Tojikistonning sevimli markasi» loyihasining «Ishonchga munosib» nominatsiyasida eng yaxshi brend deb topildi.

«Tojikistonning sevimli markasi» har yili o‘tkaziladigan yirik marketing loyihasi bo‘lib, unda tovar va xizmatlar sohasida yetakchi kompaniyalar bilan bir qatorda yosh brendlar ham ishtirok etadi. Tojikiston aholisi mazkur loyihaning eksperti sifatida qatnashadi va ovoz berish yo‘li orqali turli nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi brendni tanlaydi.

Ta’kidlash joiz, Artel har yili turli xalqaro loyiha va tanlovlarda faol ishtirok etib, munosib o‘rinlarni egallab kelmoqda. Xususan, kompaniya 2021-yilda TAF!21 keng ko‘lamli festivalida «Eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi» va «Mavsumiy kampaniya» nominatsiyalarida, 2022-yilda esa mazkur festivalning «Mashhur shaxslar bilan reklama» nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Kompaniya yangiliklari va faoliyati haqida quyidagi havolalar orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Yagona axborot markazi: +998 78 148 88 88

Veb-sayt:

  • artelgroup.org
  • artelelectronics.com

Instagram:

  • @artel_official
  • @artel_matbuot_xizmati
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring