Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AES qurish loyihasining qiymati oshkor etilmaydi – O‘zatom

AES qurish loyihasining qiymati oshkor etilmaydi – O‘zatom

Birinchi reaktori 2029-yilning ikkinchi yarmida ishga tushirish mo‘ljallanayotgan Kam quvvatli atom elektr stansiyasi Jizzax viloyatining Forish tumanida joylashgan Tuzkon ko‘li yaqinidagi avval tasdiqlangan maydonda quriladi.

Spot nashrining «O‘zatom» agentligi rahbari Azim Axmedxo‘jayevga tayanib yozishicha, kichik AESning birinchi reaktori quvvatini ishga tushirish joriy yilning yozida boshlanishi kerak bo‘lgan ustuvor ishlar tugaganidan keyin 60 oy o‘tgach amalga oshiriladi.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, har birining quvvati 55 MVt bo‘lgan oltita reaktorning barchasi «turli quvvatdagi atom elektr stansiyalari bloklari joylashgani kabi atom energetikasi sohasidagi me’yor va qoidalar talablarini inobatga olgan holda bitta maydonda» joylashtiriladi.

Har bir keyingi reaktor olti oydan keyin ishga tushiriladi. Kichik atom elektr stansiyasining to‘liq ishga tushirilishi 2032-yildan oldin amalga oshiriladi.

Axmedxo‘jayev, o‘z navbatida, kichik quvvatli AESlarni qurish loyihalari qiymati haqidagi savolni ochiq qoldirgan.

«O‘rnatilgan quvvati 330 MVt bo‘lgan 6ta RITM–200N reaktor bloklari negizida kam quvvatli AES qurish loyihasining qiymati konfidensial ma’lumot bo‘lib, oshkor etilmaydi», – deydi u.

Biroq ushbu ma’lumotlarning nega ochiq aytilmasligiga tushuntirish bermagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring