Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6 oyda 800 nafardan ortiq mahkum kasbga o‘rgatilib sertifikatlar topshirildi – Ombudsman

6 oyda 800 nafardan ortiq mahkum kasbga o‘rgatilib sertifikatlar topshirildi – Ombudsman

2024-yilning 1-yarim yilligida 800 nafardan ortiq mahkumlar kasbga o‘rgatilib, ularga sertifikatlar berildi.

Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan 2024-yilning birinchi yarim yilligida qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

«Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy va Namangan viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari va viloyatlardagi «Hunarmand» uyushmasi bilan birgalikda ushbu hududlardagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda», – deyiladi Ombudsman xabarida.

Shuningdek, Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra, Jizzax shahar hamda Do‘stlik tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonalari, Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi VSH kapital, Samarqand viloyatidagi VSH joriy, Nurafshon shahar va Toshkent tumani VSHlaridagi ta’mirtalab holatga kelgan kamera va sayr qilish xonalari to‘liq ta’mirlangan.

Navoiydagi 36-son Manzil-koloniyasidagi mahkumlarning umumiy soni uchun kichiklik qiladigan oshxona o‘rniga 300 o‘ringa mo‘ljallangan barcha qulayliklarga ega bo‘lgan oshxona qurilib, foydalanishga topshirildi.

«Qolaversa, Buxorodagi 4-son tergov hibsxonasida xo‘jalik ishlariga jalb qilingan mahkumlar uchun yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv xonalari qurilmoqda», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring