30 ta «begona» so‘zning o‘zbekcha muqobillari taklif qilinyapti (ro‘yxat)

Xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha jamoatchilik yuborgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan ko‘rib chiqildi.
Ular hozircha 30 ta atamaning o‘zbekcha muqobilini taklif etmoqda:
- Aysberg — Muztog‘
- Bruschatka — Yo‘lg‘isht
- Diskussiya — Bahs, munozara
- Zona — Hudud
- Instrument — Ish quroli
- Intensiv — Jadal
- Kamera — Bo‘lma
- Konstruksiya — Tuzilma
- Koordinator — Muvofiqlashtiruvchi
- Koridor — Yo‘lak
- Lider — Yo‘lboshchi, yetakchi
- Marshrut — Yo‘nalish
- Progress, progressiv — Ilg‘or, rivojlanish
- Dostavka — Yetkazish
- Probeg — Yurim
- Set (ovqatlar seti bo‘yicha) — To‘plam
- Oprava — Ko‘zoynak bandi
- Polik — To‘shama
- Balansirovka — Muvozanatlashtirish
- Vnedorojnik — Yo‘ltanlamas
- Chelenj — Chorlov
- Navigator — Yo‘llagich
- Selfi — O‘zchekim
- Svetofor — Yo‘lchiroq
- Ekspluatatsiya — Foydalanish
- Aksiya — Yalpi harakat
- Kuler — Suvlik
- Keshbek — Hadya-qaytim
- Poverbank — Kuchlantirgich
- Karving — Meva bezakchiligi
Ta’kidlanishicha, bu yakuniy variant emas, ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari bo‘yicha boshqa fikr va mulohazalarni ham eshitishga tayyor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter