Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 ta OTMni birlashtirgan Universitetning asosiy vazifalari belgilandi

3 ta OTMni birlashtirgan Universitetning asosiy vazifalari belgilandi

Prezident Toshkent davlat universitetini unga Toshkent moliya instituti va Fiskal institutni qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etishga doir qarorni imzoladi.

Hujjatga muvofiq Universitetning asoiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib, quyidagilar:

  • iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari bo‘yicha dunyodagi so‘nggi tendensiyalar, moliyaviy texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajriba va real iqtisodiyot talablarini hisobga olgan holda oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, ta’lim va tadqiqot uyg‘unligini ta’minlash orqali iqtisodiyot tarmoqlari uchun ilg‘or innovatsion ishlanmalar yaratish, talabalarda tizimli tahlil qilish, kreativ fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
  • zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar va simulyasion markazlar tashkil etish orqali «ta’lim – fan – innovatsiya – raqamlashtirish» ekotizimini va sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini samarali yo‘lga qo‘yish;
  • iqtisodiyot, moliya va soliq sohalarini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ularning natijalarini joriy etish yuzasidan ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqish;
  • jahon ta’lim va ilmiy makonida Universitetning nufuzini oshirish, yetakchi xorijiy universitetlar bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning xorijiy ilmiy-amaliy stajirovkasini tizimli yo‘lga qo‘yish belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur OTM iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda metodik ta’minot bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Toshkent moliya instituti va Fiskal institutda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini universitetda davom ettiradi hamda 2023−2024 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi.

Universitetda 2024−2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim jarayoni davlat tili, ingliz tili va boshqa xorijiy
tillarda olib boriladi, bakalavriat va magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida xorijiy tillarda o‘qitiladigan guruhlar tashkil etiladi.

Ta’lim dasturlari xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturi asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring