Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi uchta OTM birlashtirilib, unga rektor tayinlandi

Toshkentdagi uchta OTM birlashtirilib, unga rektor tayinlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (xalq tilida «Narxoz») matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Prezidentning tegishli qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Fiskal instituti bitta oliy ta’lim muassasasiga aylantirildi.

Mazkur OTMga esa rektor etib Teshabayev To‘lqin Zakirovich tayinlangan.

Ma’lumot uchun, To‘lqin Teshabayev shu kunga qadar Toshkent moliya instituti rektori vazifasida ishlab kelgan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq rektori Kongratbay Sharipov esa oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutining Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibiga fakultet sifatida qo‘shib yuborilishi hamda universitet va Toshkent moliya instituti shahar markazidan chekkaroqqa – Sergeli tumaniga ko‘chirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring