Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda «Turkiyzabon yoshlar» birinchi xalqaro festivali o‘tkazilmoqda

Qo‘qonda «Turkiyzabon yoshlar» birinchi xalqaro festivali o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda Qo‘qon shahrida «Turkiyzabon yoshlar» birinchi xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda. Kecha tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, bugun O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yoshlari o‘rtasida milliy va etnosport musobaqalari o‘tkazildi.

Shuningdek, kun davomida yoshlar o‘rtasida turli mavzularda mahorat darslari o‘tkazildi va davra suhbatlari tashkil etildi. Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan festival hafta oxiriga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan.

Festival doirasida shuningdek yana kitobxonlik kuni, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari, mamlakatimizdagi Elchixona konsullari bilan festival ishtirokchilarining uchrashuvlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring