Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italyan kinoijodkorlarining tanlangan asarlari Samarqandda namoyish etiladi

Italyan kinoijodkorlarining tanlangan asarlari Samarqandda namoyish etiladi

Samarqand shahrida «Yevroosiyoni o‘rganamiz» xalqaro assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forumning madaniy dasturi doirasida 1–4 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamkorligida N.I.C.Ye. (New Italian Cinema Events) yangi italyan filmlari festivali o‘tkazilmoqda.

Festival tashkil etilganiga 30 yildan oshgan bo‘lib, 1988 yil AQShda, 1993 yilda esa Rossiyada debyut qilgan. N.I.C.Ye. uyushmasi yuqori sifatdagi debyut italyan filmlarini eksport qiluvchi ilk tashkilotlardan biri hisoblanadi va ko‘p yillar davomida chet elda eng muhim kinofestivallarni tashkil qilib kelgan.

Ushbu assotsiatsiyaning maqsadi festivallar va madaniy almashinuvlar tashkil etish orqali chet elda yangi italyan filmlarini targ‘ib qilishdir.

Festivalning yana bir asosiy maqsadi kino orqali madaniy xilma-xillikning qiymatini ko‘rsatish. Festivalda namoyish etish uchun sinchiklab tanlangan italyan kinoijodkorlarining badiiy, qisqa metrajli va hujjatli filmlari Italiya hayoti va madaniyati haqidagi hikoyalarning haqiqiy ko‘zgusidir.

Festivalning ochilish marosimi 1 noyabr kuni Samarqand shahridagi «Sharq yulduzi» kinoteatrida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, festival doirasida «Uzoq yo‘l» («La lunga corsa»), «Amanda» («Amanda»), «Kelajak quyoshi» («Il col della avvenire») filmlari italyan tilida va o‘zbekcha subtitrlarda namoyish etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring