Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoro yaqinidan miloddan avvalgi II ming yillikka oid nodir tilla xazina topildi

Buxoro yaqinidan miloddan avvalgi II ming yillikka oid nodir tilla xazina topildi

O‘zbekistonda zargarlik san’ati uzoq yillik tarixga ega. Samarqandda davom etayotgan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VII xalqaro kongressida Buxoro yaqinidan miloddan avvalgi II ming yillikka oid nodir tilla xazina topilgani ma’lum qilindi.

Amerikalik arxeolog Soren Starkning ma’lum qilishicha, 2022 yilda Buxoro So‘g‘didagi yirik aholi punkti o‘rnida nodir tilla xazina topilgan. Garchi manzilgohning o‘zi saqlab qolinmagan bo‘lsa ham ushbu ob’yektda olib borilgan qazish ishlari mobaynida shahar chetidan yana shuningdek, bronza davriga oid noyob oltin buyumlar, xususan, uchburchak shaklidagi nafis oltin sirg‘alar ham topilgan. Hozirda oltin xazina Buxoro muzey-qo‘riqxonasida jamlangan.

Bunday nufuzli loyihaga yirik biznes vakillari xususan, ERIELL kompaniyasi homiylik qilayotgani Baxtiyor Fozilov kabi metsenatlar biznesning ijtimoiylashuviga yorqin namuna bo‘lmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring