Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tashkil etildi

Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tashkil etildi

Foto:«Xabar.uz»

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi «Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida  Bosh prokuratura tizimida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etilishi ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Mazkur huquqiy hujjatga asosan Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tashkil etildi. Yangi ixtisoslashtirtilgan prokuratura 10 ta boshqaruv xodimlaridan iborat bo‘lib, ular Toshkent viloyati prokuraturasi shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga  shakllantirildi.

Toshkent viloyati prokurori katta yordamchisi Arslonbek Toshpo‘latovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, yangi tuzilma (bir nafar prokuror o‘rinbosarligi vakant ekanini istisno qilganda) to‘la tarkib bilan ish boshladi. Shu paytgacha Toshkent viloyati prokuraturasi  bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Farrux Boborahimov Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokurori etib tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring