Samvel Babayan shifokorlarga insonparvarlik yordami yubordi
Xitoyning «Chanchun Yatay» klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan O‘zbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi.
«Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda mamlakatimiz shifokorlari old qatorlarda turishibdi. Mazkur oliyjanob kasb egalarining fidokorona va professional faoliyati, profilaktika choralari sabab O‘zbekistonda koronavirus tarqalib ketmasligi bilan bog‘liq vaziyat barqaror darajada, bu esa vaziyatni nazorat ostida ushlab turishga imkon beradi. Albatta, bularning barchasi boshqa tuzilmalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Bu yuk — infeksiyadan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishda, shuningdek karantindagi odamlarni nazorat qilishda ishlayotgan shifokorlarimiz uchun zarur himoya vositalari va ekipirovkalaridir», — deydi Samvel Babayan championat.asia saytiga.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter