Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya hayvonlar uchun koronavirus vaksinasini yaratdi

Rossiya hayvonlar uchun koronavirus vaksinasini yaratdi

Foto: «Perfekt.ru»

Rossiya o‘zining hayvonlar uchun COVID-19 ga qarshi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deya xabar berdi Rosselxoznadzor. Aytilishicha, ushbu vaksina hayvonlarni koronavirusdan himoya qiluvchi dunyodagi ilk priparat hisoblanadi.

Bugungi kunda Rossiyada odamlar uchun uchta koronavirus vaksinasi mavjud bo‘lib, ulardan eng taniqlisi «Sputnik V» hisoblanadi. Shuningek, Moskva mamlakatda yaratilgan «EpiVacCorona» va «CoviVac»dan ham favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat bergan. Hayvonlar uchun ishlab chiqilgan vaksina esa «Carnivac-Cov» deb nomlangan.

«Carnivac-Covning klinik sinovlari o‘tgan yil oktyabr oyida boshlangan bo‘lib, unda itlar, mushuklar, tulkilar va boshqa hayvonlar qatnashdi. Mazkur sinovlarning natijalari vaksinaning zararsiz va virusdan yuqori darajada himoya qilishini ko‘rsatdi. Chunki emlangan hayvonlarning hammasida koronavirusga qarshi antitanalar hosil bo‘ldi», — dedi Rosselxoznadzor boshlig‘ining o‘rinbosari Konstantin Savenkov.

Shuningdek, Rosselxoznadzor ma’lumotlariga ko‘ra, Carnivac-Covni olgan hayvonda olti oygacha koronavirusga qarshi immunitet saqlanib qoladi. Ushbu vaksinani keng miqyosda ishlab chiqarish aprel oyidayoq boshlanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring