Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus erkaklarni ayamayapti

Koronavirus erkaklarni ayamayapti

Foto: Salvatore Laporta / Keystone Press Agency / Global Look Press

Statistika koronavirusga chalingan erkaklarning o‘lim xavfi ayollarnikiga qaraganda yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bu haqda AQSh va Yevropadagi o‘lim holatlari hamda qator ilmiy tadqiqotlarga asoslanib «The Wall Street Journal» yozmoqda.

Erkaklarda koronavirusning og‘ir o‘tishi ham ayollarnikiga qaraganda ko‘proq kuzatilmoqda, deb yozadi nashr pandemiyaning turli davrlaridagi ma’lumotlarga tayanib.

«WSJ» AQShdagi COVID-19 dan o‘lim holatlarini keltirgan: mamlakatda, umuman olganda, koviddan vafot etganlarning 54 foizi erkaklar. Biroq yoshlar bo‘yicha toifalaganda ko‘rsatkich ancha farqlanadi: 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida erkaklarning koviddan o‘limi 66 foizni tashkil etgan.

Yevropadagi ma’lumotlar ham koronavirusning «asosiy nishoni» erkaklar ekanini ko‘rsatyapti. Statistikaga ko‘ra, 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan koronavirus qurbonlarining 73 foizi — erkaklar! Bundan tashqari, xuddi shu yosh guruhida kasalxonaga yotqizishga to‘g‘ri kelgan bemorlarning 62 foizi, kasalligi og‘irlashib ketganlarning to‘rtdan uch qismi ham erkaklar.

London universitet kollejining 183 mamlakat statistikasi jamlangan «Jins, gender va COVID-19» global bazasiga ko‘ra, erkak/ayollarda koronavirusni yuqtirish holatlari nisbati — 11/10, ya’ni «kuchli jins» koronavirus qarshisida ojizroq. Koronavirusdan o‘lim holatlari borasida vaziyat erkaklar uchun yanada ayanchli, nisbat — 14/10, deb yozadi nashr.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring