Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro kulolchilik markazida katta tadbir o‘tkazildi

Xalqaro kulolchilik markazida katta tadbir o‘tkazildi

Rishton tumanidagi Xalqaro kulolchilik markazida «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida mustaqillik bayrami o‘tkazildi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda so‘z olganlar so‘nggi yillarda Rishton tumanida olib borilgan islohotlar, ayniqsa, tuman markazida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini alohida tilga olishdi.

Shuningdek, tashkillangan tadbirda partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.

Taniqli xonanda Valijon Qodirov tomonidan kuylangan «Zamona tinch bo‘lsin, zamona» qo‘shig‘i yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring