Xalq ta’limi vaziri xalqqa murojaat bilan chiqdi
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov sohaga oid takliflar so‘rab, «Facebook»dagi sahifasida xalqqa murojaat bilan chiqdi.
«Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi hurmatini yuqori darajaga ko‘tarish, maktablarning holatini yaxshilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha juda katta vazifalar belgilab berildi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maktab ta’limi sohasidagi mavjud muammolarning yechimlari bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalaringizni bildirishingizni so‘raymiz. Takliflaringizni quyidagi forma orqali yuborishingiz mumkin (bemalol anonim ravishda ham yuborsa bo‘ladi)», deyiladi murojaatda.
Taklif va mulohazalarni quyidagi havola orqali anonim tarzda yuborish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Innovatsion rivojlantirish vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Sherzod Shermatov Ulug‘bek Inoyatovning o‘rniga Xalq ta’limi vaziri etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter