Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha vaziyatni ochiqladi

Vazirlik yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha vaziyatni ochiqladi

Foto: Xabar. uz

Sog‘liqni saqlash vazirligi yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha yangi statistikani e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda bunday chaqiriqlar kamayib bormoqda. 

2024-yilning dastlabki 3 oyida «103» xizmatiga jami 686 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Taqqoslash uchun aytsak, mazkur ko‘rsatkich 2023 yilning ayni shu davrida 893 tani tashkil etgan.

To‘g‘ri, yildan yilga bu kabi murojaatlar soni kamayib bormoqda. Biroq gap inson salomatligi haqida ketar ekan ularning bittasi ham ko‘p.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2024- yilning yanvar-mart oylarida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Buxoro viloyatida kuzatilib, bu raqam 137 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Toshkent shahri qayd etildi — 133 ta. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 110 ta, Andijon viloyatidan 58 ta va Farg‘ona viloyatidan 57 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.

Eng kam yolg‘on chaqiriq Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi — atigi 1 ta. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring