Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilgan turfirma xodimi ushlandi

Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilgan turfirma xodimi ushlandi

Foto: Xabar.uz

Buxoroda Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etgan turfirma aniqlandi. Viloyat IIB axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat Buxoro shahrida o‘tkazilgan tadbirda qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, «JF» (qisqartirilgan) turizm firmasi xodimi A.E. fuqarolarga «Umra» ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ulardan oldindan kelishilgan 2500 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

A.E.ga nisbatan O‘zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining 168- moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB tezkor guruhi vakilining aytishicha, Umra ziyorati bo‘yicha Din ishlari qo‘mitasi tomonidan faqatgina 12 ta tadbirkorlik sub’yektiga litsenziya taqdim etilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring