Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdan imtiyozli uy va’dasi qimmatga tushdi

Toshkentdan imtiyozli uy va’dasi qimmatga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.I. fuqaro G.R.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yondamida unga 27 000 AQSh dollari evaziga ehtiyojmand oilalarga ajratiladigan imtiyozli uy-joydan olib berishini va’da qilib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring