Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida mayningchi davlatga 1,2 mlrd. so‘mlik zarar keltirdi

Toshkent viloyatida mayningchi davlatga 1,2 mlrd. so‘mlik zarar keltirdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda «Guliston» MFY hududidagi xonadonda yashovchi Q.T. o‘z uyida 8 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Sh. «Sultonravot» MFY hududidagi turar-joy binosida «ArtMiner S9» rusumli mayning qurilmasiini o‘rnatib, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 50,7 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring