Toshkent shahar IIBBga rahbar tayinlandi

Toshkent shahar IIBBga yangi rahbar tayinlandi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida jamoat xavfsizligini hamda kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash masalalariga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.
Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Sultanxodjayev Ravshan Irkinovich tayinlandi. U avval Xorazm viloyati IIBni boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, poytaxt IIBBning avvalgi rahbari Aziz Toshpo‘latov IIV lavozimiga tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter