Toshkentga to‘rt vagonli uchta yangi metro poyezdlari olib kelindi
Yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, ushbu poyezdlar belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.
Ta’kidlanishicha, 2025 yil yanvar-fevral oylarida yana 6 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan.
Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter