Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent bo‘ylab issiq suv ta’minoti o‘chiriladi (ro‘yxat)

Toshkent bo‘ylab issiq suv ta’minoti o‘chiriladi (ro‘yxat)

Toshkent bo‘ylab issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. 

Markazlashtirilgan isitish manbalarining kuzda to‘xtatilishi shaharning issiqlik infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yaxshilashga qaratilgan.

O‘chirish joylari va sanalari:

1-IM (M-1,4)

16 dan 20-sentyabrgacha

Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-ko‘chasi, Yassi, Qalandar, Bo‘zko‘cha, Sayram 5-tor ko‘chasi, Sayram 7-tor ko‘chasi, Chust, Katta Darxon, Katta Darxon 2-tor ko‘chasi, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Tamaraxonim tor ko‘chasi, Ozodlik, Feruza ko‘chalari, Yalong‘och, Toshqishloqmash, Mavlono Riyoziy, Bo‘z-1, Bo‘z-2, Feruza dahalari, ToshGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent Davlat Agrar Universiteti hududi.

2-IM

30-sentyabrdan 6-oktyabrgacha

Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chalari, Qorasuv-1,2,3,4,6 dahalari.

3-IM (M-1,4)

30-sentyabrdan 4-oktyabrgacha

Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik halqa yo‘li, Shifonur, Ziyo, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshyog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Huvaydo, Gulobod ko‘chalari, Chorsu maydoni, Chorsu, Qoratosh, Olmazor, Beshyog‘och, M - 10, 11, 13, 14, M-26, 27, 28, B-1, B-2, B-3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Talabalar shaharchasi, ToshDTU hududi.

4-IM (M-0,1,4,8)

9-dan 13-sentyabrgacha

Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Ahmad Donish, Sharof Rashidov, Yahyo G‘ulomov, Shahrisabsz, Shastri, Yangishahar, Dexqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Rixsiliy, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor 1-berk, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo‘li, Hamid Olimjon, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qozitarnov, Girgirtepa, Shivli, Shuhrat, Bog‘iravon, Mukarrama Turg‘unboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Qoraqamish, Qoraqamish 1-ko‘chasi, Talabalar, Universitet, Beltepa, Forobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, Shifokorlar 2-ko‘chasi, Qamarniso ko‘chalari, Beltepa, Ibn Sino 1,2, Jarariq, Qamarniso, Beshqo‘rg‘on-1,2,3,4, Olimpiya, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, O‘zMU, ToshDTU hududlari, Yunusobod dahasi 1÷19 mavzelari, M-1,2,4,5,6,12,15, M-17,18 (Sebzor), Taxtapul, Qoraqamish 1/1,1/2,1/3,1/4,2/1,2/3,2/4,2/5 dahalari, Hamid Olimjon maydoni.

5-IM (M-0,4)

30-sentyabrdan 4-oktyabrgacha

Zargarlik, Lutfiy, Bog‘iston, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Bog‘ibo‘ston, Kichik halqa yo‘li, Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Do‘mbirobod 4-tor ko‘chasi, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, Qatortol 1-ko‘chasi, Qatortol 2-ko‘chasi, Katta Xirmontepa, Taqachi, Katta halqa yo‘li, O‘rikzor, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa ko‘chalari, Chilonzor dahasi 5÷26,30,31,G9A,20A mavzelari, Do‘mbirobod, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy 1,2, Beshqayrag‘och, Izza dahalari, O‘rikzor bozori doirasida.

6-IM

23-dan 27-sentyabrgacha

Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayhun, Surxon ko‘chalari, Qo‘yliq-1÷7, Qo‘yliq-Aylanma dahalari.

7-IM

23-dan 27-sentyabrgacha

Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Birlashgan 2-tor ko‘chasi, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysozlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent ko‘chalari, Ohangaron shossesi, Tuzel-1,2,3,4, Uysozlar-1, Asalobod-1,2, Aviasozlar shaharchasi -1,1a, 2,3,4 dahalari.

8-IM

16-dan 20-sentyabrgacha

Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, So‘g‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod, Do‘stlik, Mirzo Tursunzoda, Jahonaro, Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari, Sergeli 1÷8A, Yo‘ldosh-1÷18, M-1,2,3, Do‘stlik-1,2 dahalari.

ToshIEM (M-0,5,8)

23-dan 27-sentyabrgacha

Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Sharof Rashidov, Navoiy, Bobur, Glinka, Shota Rustaveli, Bog‘ibo‘ston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Cho‘ponota, Nurafshon, Gulxaniy, Lutfiy, Bog‘iston, Samarqand Darvoza, Afrosiyob, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Oybek, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirobod, Askiya, Shoxjahon, Jamshid Shoshiy, Abdulla Avloniy, Belariq, Imom at-Termiziy, O‘rikzor, Bog‘tepa 5-tor ko‘chasi, Jiydazor 1-tor ko‘chasi, Yakub Kolos, Chimkent, Yahyo G‘ulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Shastri, Elbek, Kichik halqa yo‘li, Kichik Beshyog‘och, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Qumariq, Oltin vodiy ko‘chalari, M-1,2,4,5,7, Oqtepa dahalari, Chilonzor dahasi 1÷5,7,Ye,I, Oqtepa, Qushbegi, Boshliq mavzelari, Uchuvchilar shaharchasi.

«Vodnik» qozonxonasi

3 dan 7-sentyabrgacha

Husayn Boyqaro ko‘chasi, «Suvsoz» mavzesi.

«Sanoatenergo» qozonxonasi

16 dan 20-oktyabrgacha

«Quruvchi» mavzesi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring