Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologiya, futbol va sharhlovchilik sirlari – Davron Fayziyev «Yulduzlar tabiat himoyasida» loyihasida ishtirok etdi

Ekologiya, futbol va sharhlovchilik sirlari – Davron Fayziyev «Yulduzlar tabiat himoyasida» loyihasida ishtirok etdi

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev sharh olamiga qanday kirib kelgan? Unga ustozlari nimalarni o‘rgatgan edi va qanaqa tanbehlar berishgan? Qanday omillar sabab u bugungi darajasiga chiqa oldi? Terma jamoadagi ichki muhit qanday?

Yurtimizdagi yuz minglab sport muxlislarining hurmatiga loyiq ko‘riladigan sharhlovchi Davron Fayziyev «Yulduzlar tabiat himoyasida» loyihasi mehmoni bo‘ldi va bir qator savollarga javob berib o‘tdi. Poytaxtimizdagi «Botanika bog‘i»da bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Davron Fayziyev ekologiya muammolariga e’tibor qaratib, yoshlarni tabiatni asrashga chaqirdi.

Suhbat davomida quyidagi mavzularga to‘xtalib o‘tdik:

- O‘zbek futboli uchun odatiy bo‘lgan holatni yaponlar butun dunyoda an’ana darajasiga olib chiqa olishdi. U nima?

- Terma jamoadagi eng tartibli futbolchi kim?

- Ko‘chaga chiqindi uloqtirgan insonni ko‘rganimizda nima qilishimiz kerak?

- Gonkong bilan JCh saralashi doirasida o‘tgan dastlabki o‘yin ko‘ngildagidek bo‘ldimi?

- Eldor Shomurodov qaytdi. Uning kelajagini qayerda ko‘ramiz?

- Abbosbek Fayzullayevning ahamiyati qay darajada?

- Deyarli har oyda biror iqtidorli futbolchi kashf qilinmoqda. O‘zbek futboli uchun bu istisnomi yoki qonuniyat?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring