Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyohlikka ixtisoslashgan mamlakatlar jiddiy imtihon arafasida

Sayyohlikka ixtisoslashgan mamlakatlar jiddiy imtihon arafasida

Foto: BBTR

Massachusets texnologiya instituti 50 ta iqlim modelini o‘rganish asosida tashvishli xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, kelgusida, aniqrog‘i, asrimiz oxirlariga borib, mo‘’tadil kunlar shimol mamlakatlarida ko‘payib, janub mamlakatlari, Janubiy Yevropa va AQShda buning aksi kuzatiladi, jazirma issiq tufayli ko‘chada yurish qiyinlashadi.

Iqlim o‘zgarishlari mamlakatlarning sayyohlik sohasi va iqtisodiyoti uchun salbiy ta’sirlarga ega. Misol uchun, 2100-yilga borib Dominikan Respublikasi yilning 124 bahavo kunini yo‘qotadi, Meksika, Hindiston, Tailand, BAA va Misr esa 55 tadan 86 tagacha shunday kunlaridan mahrum bo‘lishi kutilmoqda. Gretsiya jazirama iskanjasiga tushsa, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Avstriyada buning teskarisi — qishning iliq kelishi hisobiga mo‘’tadil ob-havoli kunlar ko‘payadi.

Janub mamlakatlari, garchi ular nisbatan kam parnik gazlari chiqarayotgan bo‘lsa-da, iqlim o‘zgarishlaridan hammadan ko‘p aziyat chekadi. Iqlimning isishi sayyohlik yo‘nalishlarini o‘zgartirib yuborishi kutilyapti, o‘z-o‘zidan, iqtisodiyoti turizmga bog‘lanib qolgan mamlakatlar uchun bu ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring