Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv xo‘jaligi vazirligiga yangi vakolatlar berildi

Suv xo‘jaligi vazirligiga yangi vakolatlar berildi

Foto: Xabar. uz

Prezident farmoni bilan Suv xo‘jaligi vazirligi barcha manbalar bo‘yicha yagona suv balansini yurituvchi hamda davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.

Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibida Suv xo‘jaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi va Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti va boshqalar tashkil etiladi.

Vazirlik tuzilmasi yuqori, o‘rta va quyi bo‘g‘inlarga bo‘lish yo‘li bilan qayta tashkil etilmoqda.

1-iyuldan boshlab vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentlari oshirilgan miqdorda hamda 2025-yildan boshlab ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar qo‘llanadi.

O‘zbekistonda 1 yanvardan boshlab suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlangan. Mas’ul vazirlik va idoralarga uch oy muddatda yerostidan suv olish quduqlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish topshirildi. Bunda suv hisoblagichlari o‘rnatilmagan hollarda tegishli qonuniy choralar, shu jumladan, hisoblagichlar o‘rnatilmagunga qadar suv olish imkonini cheklash choralari ko‘riladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring