Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suriyada jang qilayotgan namanganlik shaxs qidirilmoqda

Suriyada jang qilayotgan namanganlik shaxs qidirilmoqda

31 yoshli Jo‘rayev Abdulbosit Abdurahmon o‘g‘li (laqabi Ammor) qidirilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi

Unga nisbatan 2020 yilda Namangan viloyati IIB tomonidan Jinoyat Kodeksining 155²-moddasi 2-qismi, 159-moddasi 1-qismi, 244²-modda 3-qismi, 244²-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

U yashash manzilida bo‘lgan davrda diniy ekstremizm tarafdorlari bilan birga bo‘lgan va javobgarlikdan qochib Qozog‘iston orqali Suriyaga borgan. 

Suriyada u xalqaro terroristik guruhga qo‘shilgan. Hozirda u tashkilotda jangovar harakatlarni olib bormoqda.

Ushbu shaxs to‘g‘risida biror ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan, +998942775776, +998972177100 raqamlariga xabar berishlari so‘raladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring