Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuhrat Jalilov O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi

Shuhrat Jalilov O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining o‘rinbosari Jalilov Shuhrat Ilhomovich O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Shuhrat Jalilov davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mahalla instituti va kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, yoshlarni tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki tufayli mukofotlangan.

Shuhrat Jalilovga tavalludining 85 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu mukofotni Sherzod Asadov 17-avgust kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov bilan birgalikda tantanali ravishda topshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring