Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qulupnaychi yigit Buxoro hokimiga maslahatchi bo‘ldi

Qulupnaychi yigit Buxoro hokimiga maslahatchi bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov dehqonchilikda katta tajriba orttirgan yosh yigitni o‘ziga qulupnay yetishtirish masalalari bo‘yicha maslahatchi etib tayinladi.  

Bildirilishicha, Jondor tumanidagi  «Po‘loti»  mahalla fuqarolar yig‘ini Iftixor qishlog‘ida yashovchi Og‘abek Ostonov bir necha yil hovlisida parranda boqib, parvarishlagan. Yaxshi daromad topgach, ikki yil avval esa issiqxona sharoitida gidroponika usulida qulupnay yetishtira boshlagan.

Uyda sinov-tajriba tariqasida 2 sotix yer maydonida qulupnayni tuproqda emas, kokos qipig‘ida yetishtirgan.

«Qulupnay yetishtirishdagi natijalarim bilan tanishgach, tuman hokimligi ko‘magi bilan 50 sotix issiqxona qurib berildi. Hozirda bu yerda Koreyadan keltirilgan «Son Xyan» serhosil navi yetishtirilmoqda. 12 nafar yosh hamqishlog‘imniyam ishli qildim»,— dedi Og‘abek Ostonov.

50 sotixda 38 ming ko‘chat ekilgan. Har bir ko‘chat 1 kilogrammgacha hosil bergan va hosildan 1,5 milliard so‘m daromad topgan.

Buxoro hokimi yosh dehqon bilan muloqotdan so‘ng  uni o‘ziga qulupnay yetishtirish masalalari bo‘yicha maslahatchi etib tayinlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring