Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentlar Registon maydonida ko‘chat ekishdi (foto)

Prezidentlar Registon maydonida ko‘chat ekishdi (foto)

Registon maydonida Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti doirasida tashkilotga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar Davlat Rahbarlari ishtirokida «Yashil makon» loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

«Bugun biz Turkiy davlatlar tashkilotining ilk tarixiy sammitini o‘tkazdik, muhim qarorlar qabul qildik.

Turkiy dunyo sivilizatsiyasining yangi davrini boshlab beradigan Samarqand deklaratsiyasini imzoladik.

Ayni vaqtda ne-ne tarixiy voqealarga guvoh bo‘lgan muhtasham Registon maydonida turib, turkiy dunyo sivilizatsiyasining yangi bosqichiga ramziy ma’noda qadam qo‘ymoqdamiz.

Ulug‘ ajdodlarimizga xos bo‘lgan azaliy an’analarni davom ettirgan holda, yana bir xayrli tashabbusni boshlamoqdamiz

O‘zbekistonda «Yashil makon» dasturi izchil amalga oshirilmoqda.

Turkmanistonda barcha viloyatlar va poytaxt Ashxobodni yashil hududga aylantirishga qaratilgan uzoq muddatli Milliy o‘rmon dasturi samarali ishlayapti.

Qardosh Turkiyada esa har yili 11 noyabr – Milliy ko‘chat ekish kuni sifatida keng nishonlanmoqda.

Ozarbayjonda ko‘p yillardan buyon «Yashil marafon» dasturi asosida ko‘chat ekish tashabbuslari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Qozog‘istonda barcha hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha besh yillik umummilliy dastur bajarilmoqda.

Qirg‘iz Respublikasida 2022 yil «Tog‘ ekotizimi va iqlim barqarorligi yili», deb e’lon qilindi hamda uning doirasida «Yashil meros» milliy kampaniyasi faol davom ettirilmoqda.

Vengriya Hukumatining shaharlarni qo‘shimcha ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib borayotgan yirik dasturini chin dildan olqishlaymiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Vengriya va Turkmaniston davlatlari poytaxtlarida ham bir vaqtning o‘zida uyushtirilgan ko‘chat ekish tadbirlari onlayn monitorda namoyish etildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring