Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pastdarg‘omda nega ko‘chat taqchil?

Pastdarg‘omda nega ko‘chat taqchil?

Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidan tahririyatimizga murojaat kelib tushdi. Unda shunday deyiladi:

«Qish yakuniga yetib, ko‘chat ekish mavsumi boshlandi. Kimdir mevali, kimdir manzarali ko‘chat ekishni istaydi. Biroq Pastdarg‘omda archa yoki shunga o‘xshash manzarali ko‘chatlarni topish deyarli imkonsiz. Yo‘l bo‘yidagi kichik savdo nuqtalaridan faqat vodiydan olib kelingan 10 ga yaqin mevali ko‘chatlar sotilmoqda. Ilgari tuman dehqon bozori yaqinida turli xil ko‘chatlar savdosi yo‘lga qo‘yilgan edi, ammo ko‘chat bozoridagilarni kattalar quvib yuborgach, aholi qayerdan ko‘chat olishni bilmay hayron. Vodiyga borib olib kelish uchun esa manzil juda uzoq».

Muammo qachon yechim topadi?

O‘zbekiston «yashil taraqqiyot» tashabbusi bilan chiqib, ekologik muhitni yaxshilashga katta e’tibor qaratmoqda. Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Yashil makon» loyihasi aynan shunday maqsadlarga qaratilgan.

Biroq Pastdarg‘omdagi mavjud vaziyatga qaraganda, bu islohotlar joylarda to‘liq tatbiq etilmayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Qariyb 400 ming aholi yashaydigan tumanda yagona ko‘chat bozorining yopilishi aholi uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Ekologik muammolarni aynan ko‘chat ekish, yashil hududlarni ko‘paytirish orqali hal etish mumkin. Bundan tashqari, mevali daraxtlar yetishtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Shuning uchun tuman va viloyat mutasaddilari bu muammoni o‘rganib, tezroq uning yechimini topishlari lozim. Har bir hududda aholi uchun qulay ko‘chat bozorlari tashkil etilsa, bu ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan katta foyda keltiradi.

Bu masala mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, yaqin kunlarda o‘z yechimini topadi, degan umiddamiz.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring