Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozon tuynugiga oid xavotirli ma’lumotlar e’lon qilindi

Ozon tuynugiga oid xavotirli ma’lumotlar e’lon qilindi

Yangi Zelandiya olimlariga ko‘ra, Antarktida ustidagi ozon tuynugi ozonni yemiruvchi moddalarga taqiq qo‘yilganiga qaramay o‘sishda davom etmoqda. So‘nggi to‘rt yil ichida u «hayratlanarli darajada ulkan» bo‘ldi.

Ozon tuynugi borligi haqida birinchi marta olimlar 1980-yillarda bilishgandi. Bu hodisa xavfli deb topildi, chunki ozon qatlami sayyora yuzasini ultrabinafsha nurlanishdan himoya qiladi. 1987 yilda Monreal protokoli, ya’ni ozon qatlamini yo‘q qiladigan xloroftorokarbonlar ishlab chiqarishni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro shartnoma qabul qilindi.

BMT ekspertlari 2040-yilga borib tuynuk butunlay yopilishi mumkinligi haqida bashorat qilishgandi. Ammo yangi tadqiqot ma’lumotlari bu savolni shubha ostiga qo‘yadi.

Yangi Zelandiya olimlari 2004-2022-yillardagi teshikdagi o‘zgarishlarni tahlil qilishdi. So‘nggi to‘qqiz yilning oltitasida u juda katta o‘lchamlarga yetdi. Natijalar, tuynuk  markazida 19 yil oldingiga qaraganda ancha kam ozon borligini ko‘rsatdi.

Tadqiqot 2022-yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarni qamrab olgan. Ammo 2023-yilgi ozon tuynugi allaqachon uch yil oldingi hajmdan oshib ketgan - sentyabr holatiga ko‘ra, uning maydoni 26 million km dan oshdi - bu Antarktidadan deyarli ikki baravar katta. Ozon teshigining kengayishi sababi noma’lumligicha qolmoqda, deb xabar bermoqda Nature Communications.

Bir versiyaga ko‘ra, qutb girdobi ozon teshigining o‘sishiga hissa qo‘shishi mumkin. Stratosferadagi atmosfera sirkulyasiyasining bu turi ozon darajasiga ta’sir qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring